Torfli kaliy gumati qishloq xo`jaligi ekinlarining noqulay sharoitlar va kasalliklarga chidamliligini oshiradi xamda sog`lom sabzavot va mevalarning xosili boy bo`lishiga ko`maklashadi.
Torfli kaliy gumati o`simliklar uchun foydali bo`lgan kimyoviy moddalar va mikroelementlar –kaliy okidi, temir, kremniy, alyuminiy, magniy, titan va oltingugurtga ega.Shunindek kaliy gumati tarkibida mis, rux, bariy, kobalt, marganes va xrom mavjud.
Kartoshka, pomidor, bodring, kalampir, mevali ekinlar, karom, qishki va lalmi bug`doy, makkajo`xori , arpa, suli, tarik, sholi, loviya, no`xot va va g`ozapoyalarda torfli kaliy gumatini qo`llashdan o`ta kuchli samara kuzatiladi.
Torfli kaliy gumati urug`larning unib chiqishini tezlashtiradi va ekish materiallarining sifatini yaxshilaydi.
Pereparat baquvvat ildiz tizimi rivojlanishiga ko`maklashadi.
O`simliklarning atrof-muxitning noqulay sharoitlariga –past xarorat, yomon yoritilganlik, namlik yetishmasliliga chidamliligini oshiradi. Torfli kaliy gumati yetishtirilgan maxsulotlarning sifatini yaxshilaydi- meva va sabzavotlarda vitaminlar, oqsil, shaxar, kraxmal va nuklein kislotasining tarkibi ko`payadi. Pereparat tuproqdagi zaxarli moddalarni ( qo`rg`oshin, simob, pestisidlar, radionuklidlar biriklarini) bog`laydi va ularning o`simliklarga singishiga to`sqinlik qiladi, va bu bilan xosilning ekologik tozaligini taminlaydi.
Torfli kaliy gumati – kelib chiqishi tabiy bo`lgan preparat bo`lib, zaxarli emas, allergiyani qozg`atmaydi, unda kanserogenlar mavjud emas xamda odam va xayvonlar uchun mutlaqo xafsizdir.